Tuproqqal'a tumani Pitnak shahri Navbaxor mahallasi, Mustaqillik ko`chasi, 1- uy

6-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi OʻzLiDeP fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 3-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligining tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti yuzasidan axboroti tinglandi.
Mazkur masala yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov axborot berdi. U oʻz chiqishida davlat rahbariga taqdim etilgan takliflar mazmun-mohiyati, ularning amaliy ahamiyati hamda tizimni tubdan yangilashga qaratilgan asosiy yoʻnalishlar haqida batafsil toʻxtaldi.
Soʻnggi yillarda oliy taʼlim qamrovini kengaytirish, taʼlim sifati va ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar qayd etildi. Shu bilan birga, ilm-fanni iqtisodiyot bilan uzviy bogʻlash va taʼlim hamda tadqiqot integratsiyasini kuchaytirish dolzarb vazifa ekani taʼkidlandi.
Yigʻilishda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar muhokama qilindi. Jumladan, “U10” dasturi doirasida 10 ta oliy taʼlim muassasasiga milliy tadqiqot universiteti maqomi berilib, ularda ilmiy klasterlar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, natijaga yoʻnaltirilgan moliyalashtirish tizimi joriy etilib, 2027-yildan oliygohlar milliy reyting asosida ragʻbatlantiriladi. Universitetlar taʼlim sifati, ilmiy faoliyat, xalqaro hamkorlik va bitiruvchilar bandligi kabi mezonlar boʻyicha baholanadi.
Ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish tizimi ham takomillashtirilib, mablagʻlar ustuvor yoʻnalishlarga yoʻnaltiriladi va loyihalar xalqaro ekspertlar ishtirokida saralanadi. Shu bilan birga, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va “spin-off” korxonalarini tashkil etish orqali innovatsion faoliyatni kuchaytirish nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, Oʻzbekistonni taʼlim xabiga aylantirish maqsadida xorijiy talabalarni jalb etish kengaytirilib, “Yangi Oʻzbekiston stipendiyasi” dasturi amalga oshiriladi.
Yigʻilish yakunida mazkur takliflar oliy taʼlim va ilm-fan tizimini yangi bosqichga olib chiqishi taʼkidlandi.

Manzil

  • Tuproqqal'a tumani Pitnak shahri Navbaxor mahallasi, Mustaqillik ko`chasi, 1- uy
  • +998 (62) 305-21-06
  • PitnakKXM@markaz.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Politexnikum manzili

File engine/modules/simple_dle_stats/index.php not found.