Tuproqqal'a tumani Pitnak shahri Navbaxor mahallasi, Mustaqillik ko`chasi, 1- uy

4-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova hamrohligida Urganch shahridagi 1- va 2-son texnikumlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab, 1-son texnikumda “Mehmonxona menejeri”, “Oshpazlik”, “Elektromontyor” hamda “Turizm” yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash jarayoni bilan tanishdi. Mazkur taʼlim muassasasida xalqaro dasturlar asosida 110 nafar yosh tahsil olayotgani taʼlim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi. Vazir zamonaviy oʻquv xonalari, amaliy laboratoriyalar, ustaxona va oʻquv-metodik taʼminot holatini koʻzdan kechirdi.
Shundan soʻng,  tashrif 2-son texnikumda davom etib, bu yerda qurilish sohasiga ixtisoslashgan oʻquv-amaliy markaz faoliyati bilan tanishildi. Ustaxonalarda olib borilayotgan amaliy mashgʻulotlar, o‘quvchilarning kasbiy koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan yondashuvlar alohida eʼtiborga olindi.
Har ikki taʼlim muassasasida oʻtkazilgan muloqotlar davomida vazir tomonidan xalqaro taʼlim dasturlarini kengaytirish, yangi yoʻnalishlarni joriy etish, amaliyotga yoʻnaltirilgan taʼlim ulushini oshirish, ishlab chiqarish bilan integratsiyani mustahkamlash hamda ish beruvchilar bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali bitiruvchilar bandligini taʼminlash masalalariga alohida urgʻu berildi.
Shuningdek, kasbiy taʼlim muassasalarida xalqaro standartlarga mos zamonaviy taʼlim tizimini shakllantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Manzil

  • Tuproqqal'a tumani Pitnak shahri Navbaxor mahallasi, Mustaqillik ko`chasi, 1- uy
  • +998 (62) 305-21-06
  • PitnakKXM@markaz.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Politexnikum manzili

File engine/modules/simple_dle_stats/index.php not found.