

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Xo‘jayli tumani 1-son texnikumiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Tashrif doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishda texnikumning moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayonini takomillashtirish, moliyaviy va tashkiliy qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Texnikum binosining eskirganligi, kapital ta’mirga muhtojligi, zamonaviy o‘quv jihozlariga ehtiyoj mavjudligi qayd etildi.
Yig‘ilishda shuningdek:
🔘texnikum uchun xizmat va o‘quv amaliyoti avtomobillarini xarid qilish;
🔘hududni obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash,
dual ta’lim tizimini rivojlantirish;
🔘yangi yo‘nalishlar (buxgalteriya, turizm, xizmat ko‘rsatish)ni joriy etish;
🔘zamonaviy ta’lim texnologiyalarini keng tatbiq etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Vazir o‘z nutqida ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, innovatsion yondashuvlarni kengaytirish va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish ustuvor vazifa ekanini alohida ta’kidladi.
Shu bilan birga, texnikum hududida issiqxonalar tashkil etish, grant loyihalarini kengaytirish, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali talabalarni real sektor bilan integratsiyasini mustahkamlash zarurligi qayd etildi.
Tashrif davomida vazir “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ham ishtirok etdi.